• Asmo ul-Husna

    Asmo ul-Husna

    0

    Asmo ul-Husna kitobi — Alloh taoloning 99 go‘zal ismlarining ma’nolari, sharhlari va ularga oid duolar jamlangan qo‘llanma. Kitobda shuningdek, kichik suralar, Fotiha, Yosin va boshqa suralarning o‘qilishi va ma’nolari berilgan. Yumshoq muqova, rangli sahifalar va QR kod orqali audio tinglash imkoniyati mavjud.

    20 000 so‘m
    Savatchaga qo'shish
  • Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Baxtiyor oila

    Baxtiyor oila

    0

    Ushbu kitob Islom dinining oilaviy munosabatlarga oid ahkomlarining keng va batafsil sharhi bo‘lib, musulmon kishi oilaviy hayotga oid bilishi lozim bo‘lgan barcha masalalarni o‘z ichiga oladi. Kitobda insonga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib bergan Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, aqiyqa, farzand tarbiyasi, silai rahm, taloq, idda va shu kabi ko‘plab dolzarb mavzulardagi ta’limotlari orqali bugungi kunda qator muammolar muhokama qilinadi, oyatlar, hadislar hamda salaf solihlarning hayoti misolida musulmonning baxtli oilaviy hayot dasturi ko‘rsatib beriladi.

    90 000 so‘m
    Savatchaga qo'shish
  • -4% Mukoshafatul qulub

    Mukoshafatul qulub

    0

    Ming yillardan buyon butun dunyoda “Hujjatul Islom” unvoni bilan ulug‘lanib kelayotgan Imom Abu Homid G‘azzoliy asarlari Islom dini mohiyatini barcha nozik jihatlarigacha e’tiborga olingani, teran tafakkur va idrok etilgani, tushuntirilgani bilan ajralib turadi. E’tiqodiy masalalarga alohida xassoslik, mehr-muhabbat bilan yo‘g‘rilgan bu sifatlar, shubhasiz, o‘quvchilarni ham insonning dunyoga kelishidagi ilohiy hikmat, yashashdan maqsad hamda vazifalari haqida chuqur o‘ylashga undaydi.
    Allomaning “Qalblar kashfiyoti” deb nomlangan ushbu kitobida ham Alloh taologa doimo itoatda, qo‘rquv va zikrda, sevgi-muhabbatda bo‘lish fazilatlari hamda U Zotni, Rasulini unutish oqibatida shaytonning ochiq dushmanligi bilan inson tabiati va hayotining turli sohalarida halokatli holatlar kelib chiqishi haqida ta’sirli, jozibali hikoya qilinadi. Asar Payg‘ambarimizning (sollallohu alayxi va sallam) butun umri singari ibratli bo‘lgan so‘nggi kunlari hamda vafotlarini bayon etish bilan yakun topgan.

    Original price was: 125 000 so‘m.Current price is: 120 000 so‘m.
    Savatchaga qo'shish
  • Yosin va suralar

    Yosin va suralar

    0

    “Yosin va suralar” – Qur’oni Karimning fazilatli suralari jamlangan qo‘llanma. Unda Kahf, Yosin, Duhon, Voqe’a, Mulk, Naba’ va boshqa ko‘plab kichik suralarning arabcha matni, o‘zbekcha ma’nosi hamda QR kod orqali audio tinglash imkoniyati mavjud.

    25 000 so‘m
    Savatchaga qo'shish