Inson dunyoga kelib, aqlini tanibdiki, baxt tomon talpinadi. Biroq baxt har kimning ko‘nglida turlicha talqin qilinadi. Kimdir uni boylik va shuhratda, kimdir birovning dil vayronasida va ko‘z yoshlarida izlaydi...
Taniqli jurnalist va yozuvchi Muhabbat Hamidova o‘zining yangi kitobida hayotning achchiq haqiqatlari, aldanish va aldanmaslik, baxt izlash va qalbiy to‘qnashuvlar haqida samimiy va ta’sirli hikoyalar yozgan.
Uning qahramonlari siz bilan bizning oramizdan chiqqan oddiy odamlar — ularning kechinmalari, orzulari va xatolari orqali hayotning o‘zi gapiradi.
Kitob o‘qiganingizda beixtiyor o‘zingizni voqealar ichida his qilasiz va “Aldanganni aldama” degan iboraning chuqur ma’nosini anglaysiz.
Haqiqiy hayotdan olingan, qalbni larzaga soluvchi qissa va hikoyalar to‘plami.