ГлавнаяКаталогКорзинаПрофиль
UUzunkitobolami
Поиск товаров
UUzunkitobolami
Поиск товаров
УзбекистанДоставка
О насДоставкаКонтакты
UUzunkitobolami
ВойтиИзбранноеКорзина
Главная›Каталог›YUSUF MIRJONOV, JALOLIDDIN QUTIMOV: MULTILEVEL MASTER LISTENING

Assalomu alaykum hurmatli o‘quvchi! Davlat Test Markazi tomonidan o‘qituvchilar, universitetga tayyorlanayotgan abituriyentlarga yengillik yaratish maqsadida ko‘plab sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, DTM tomonidan chet tilini bilish darajasini baholash uchun “Multilevel” testi tashkil qilinib bo‘lib, bunda o‘quvchilar o‘zlarining ingliz tili bo‘yicha ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib ko‘rishlari mumkin. Bunda o‘quvchilar B1 darajadan C1 CEFR darajasigacha baholanadi. Multilevel testidan B2 darajani qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, davlat universitetlariga topshirayotganda imtihondagi ingliz tili bo‘limini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi. C1 darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning o‘qitish maoshlariga qo‘shimcha ustama haq berilishi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan.

 

Siz qo‘lingizda ushlab turgan “Multilevel Master Listening” kitobi chet tilini bilish darajasini baholash uchun sinov testlari “Multilevel” (Ko‘p darajali) testining “Listening” ya’ni o‘qib tushunish bo‘limiga sifatli va tez tayyorlanish uchun mo‘ljallangan. Imtihon “Listening” bo‘limi o‘z ichiga 6 ta qism bo‘yicha jami 35 ta savolni qamrab oladi. Ushbu bo‘limda nomzodlarning tinglab tushunish qobiliyatlari sinovdan o‘tkaziladi. Bunda nomzodlarning tinglab tushunish ko‘nikmalari audiomatnlarning mazmunini, ulardagi asosiy fikrlar va detallarni tushunish, aniq ma’lumotni olish va ochiq aytilmagan ma’lumotlarni tushunish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. Tinglab tushunish bo‘limida har bir matn ikki martadan eshittiriladi va matn eshittirilishidan oldin matnga oid savollar bilan tanishib chiqish uchun 15-30 soniya vaqt beriladi. Audiomatnlarning umumiy davomiyligi taxminan 35 daqiqani tashkil etadi. Nomzodlarga javob varaqasini to‘ldirish uchun qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt belgilanadi.

 

“Multilevel Master Listening” kitobida imtihondagi har bir savol turi alohida qismlarga ajratilgan bo‘lib, o‘quvchilarimiz har bir qism bo‘yicha berilgan mashqlarni ishlab, o‘zlarining tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin. Kitobimizda berilgan mashqlarni ishlash uchun maxsus “Telegram” kanal tashkil qilingan bo‘lib, o‘quvchilar mashqlarning audiomatnlarini aynan shu maxsus kanal orqali yuklab olib, ishlashlari mumkin. Shuningdek, mashqlarni audiomatnlarni “Google Drive” maxsus dasturiga ham joylashtirilgan va ushbu dasturdan foydalanish uchun alohida QR-kod kitobga joylashtirilgan.

 

Есть вопросы о товаре?AI-ассистент на связи — поможет с выбором, расскажет о доставке и оплате.Спросить
UUzunkitobolami

Удобный шопинг с привычной оплатой и быстрой доставкой по стране.

Каталог

  • Все товары
  • Новые поступления
  • Бестселлеры
  • Распродажа

Покупателям

  • Корзина
  • Избранное
  • Мои покупки
  • Профиль

Информация

  • О нас
  • Доставка
  • Контакты
  • Публичная оферта
  • Политика конфиденциальности
  • Пользовательское соглашение

Контакты

    © 2026 Uzunkitobolami. На платформе Magicstore