O‘smirlik — bu faqat tana o‘zgarishi emas, balki yetuklik sari bosilayotgan muhim qadamdir. Balog‘atga yetayotgan o‘smirning ovozi o‘zgaradi, tanasi ulg‘ayadi, his-tuyg‘ulari murakkablashadi. Kecha bola bo‘lgan o‘smir bugun ichidagi yangi “men”ini kashf etishni boshlaydi.
Xadicha Kubro Tongar o‘smirlik davrida yuz beradigan jismoniy, ruhiy va gormonal o‘zgarishlarni yigitlarga sodda, samimiy va ishonchli tilda tushuntiradi. O‘smirlik yo‘li qiyin va mashaqqatli bo‘lsa-da, yakunda o‘smir yigit ko‘rkam shahzodaga aylanadi.
Bu kitob ularga o‘zgarishlardan qo‘rqmasdan, yetuklikka ishonch bilan qadam qo‘yib ulg‘ayish yo‘lida ishonchli hamroh bo‘ladi. Ota-onalar va o‘smir yigitlar uchun foydali qo‘llanma.