Bosh sahifaKatalogSavatProfil
Uzun Kitob olami
Mahsulotlarni qidirish
Uzun Kitob olami
Mahsulotlarni qidirish
O'zbekistonYetkazib berish
+998 20 001 25 16Biz haqimizdaYetkazib berishKontaktlar
Uzun Kitob olami
KirishSevimlilarSavat
Bosh sahifa›Katalog›SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF: DIN NASIHATDIR BEHUDA ISHLARNI TARK QILISH KISHI ISLOMINING HUSNIDANDIR

SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUF: DIN NASIHATDIR BEHUDA ISHLARNI TARK QILISH KISHI ISLOMINING HUSNIDANDIR

MUQADDIMADAN  BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM!
Hozircha sharhlar yo'q — birinchi bo'ling
31 000 so'm
1

MUQADDIMADAN 

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM! Alloh subhanahu va taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin! Mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga mukammal va batamom salavotlar va durudlar bo‘lsin! 

 

«Islomning madori bo‘lgan hadislar sharhi» deb nomlangan silsilamizning birinchi va ikkinchi risolalarida Mujtahid ulamolar tomonidan Islomning madori deb tan olingan Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ikkita hadisi shariflarini imkonimiz boricha o‘rgangan edik. Ushbu risolada Alloh taoloning O‘zidan yordam so‘ragan holimizda avval boshlagan ishimizni baholi qudrat davom ettirish niyatidamiz. Bu ojizona ishimizda Haq subhanahu va taoloning O‘zi madadkor bo‘lsin! 

 

«Islomning madori bo‘lgan hadislar sharhi» deb nomlangan silsilaning avvalgi ikki risolasida «Albatta, amallar niyatlarga bog‘liqdir» va «Halol ochiq-oydindir» hadislari ba qadri imkon sharh qilindi. Mazkur ikki hadisi sharif ham o‘zida musulmon banda hayotining juda ko‘p sohalarini qamrab olgani uchun ularda fiqh, ruhiy tarbiya va boshqa sohalarda so‘z yuritishga to‘g‘ri keldi. Jamiyat hayotidagi turli holatlarga oid masalalar yuzasidan bahslar olib borildi. Ushbu risolamizdan o‘rin oladigan va siz azizlar bilan birga o‘rganmoqchi bo‘lib turgan hadisi shariflardagi bahs yuritiladigan mavzular ahamiyat jihatidan avvalgi ikki hadisi sharifning saviyasiga yaqin bo‘lsa ham, qamrov jihatidan har bir hadisning mavzusi bilan cheklanadi. Misol uchun, ushbu risoladagi birinchi hadis nasihatga, ya’ni xolislikka bag‘ishlangan. Boshqalari ham shunga o‘xshash. 

 

Ko‘pchilik katta imomlar, muhaddislar va mujtahidlar Islomning madori deb atagan hadisi shariflardan biri qisqacha qilib «Din nasihatdir» deb nomlanadi. Mazkur hadisi sharifning matni quyidagicha: 

Tamim Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Din nasihatdir», dedilar. 

«Kim uchun?» dedik. 

«Alloh uchun, U Zotning Kitobi uchun, U Zotning Rasuli uchun va musulmonlarning imomlari hamda ommalari uchun», dedilar». 

Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan.

 

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Nashriyot: «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi

Sana: 2022-yil (2016, 2018, 2019, 2020, 2021)

Hajmi: 176 bet

ISBN: 978-9943-8142-9-5

O‘lchami: 84×108 1/32

Muqovasi: yumshoq

Mahsulot haqida savollaringiz bormi?AI-yordamchi aloqada — tanlashda yordam beradi, yetkazib berish va to'lov haqida aytib beradi.So'rash
31 000 so'm
Uzun Kitob olami

ⓒ Uzun Kitob olami 1992-2026

telegram

Katalog

  • Barcha tovarlar
  • Yangi kelganlar
  • Eng ko'p sotilganlar
  • Chegirmalar

Mijozlarga

  • Savat
  • Sevimlilar
  • Xaridlarim
  • Profil

Ma’lumot

  • Biz haqimizda
  • Yetkazib berish
  • Kontaktlar

Kontaktlar

  • +998200012516
  • Ish vaqti07:00 — 20:00

© 2026 Uzun Kitob olami. Platforma: Magicstore