Allohning irodasi bilan g‘ayb olamidan shahodat olamiga ketmoqdadir...
Ushbu kitob qashshoq arab oilasida tug‘ilib, butun umrini Alloh roziligi yo‘lida kechirgan, valiyligini barcha e’tirof etgan, bir lahza ham din yo‘lidan chekinmagan aziza Robiyaning hayot yo‘lini hikoya qiladi.
Muhabbat, sabr, tavakkul, iztirob va ilohiy yaqinlik haqidagi ushbu ta’sirli asar o‘quvchini o‘z qalbiga sayohatga chorlaydi. Har bir sahifada Allohga bo‘lgan muhabbat va haqiqiy insoniy kamolotning chuqur ma’nolarini his qilasiz.
Ma’naviy o‘sish, pok ruh va chinakam imon izlayotgan har bir inson uchun o‘qilishi zarur kitob. Qalbingizni nurga to‘ldiradigan, o‘ylantiruvchi va ilhomlantiruvchi asar.