Raxshona Ahmedovaning kuzatishlari oʻziga xos, tasvirlari tiniq, qalamga olgan mavzulari yangicha. Goh gullar tilida soʻzlasa, gohida insonlarning mehridan kuch olgan oddiy odamlarning hayoti haqida hikoya qiladi. Eng muhimi, har bir hikoya sizni oʻylashga, fikrlashga chorlaydi.
Shunday ekan, qoʻlingizdagi ushbu toʻplam sizning sevimli kitoblaringiz qatoridan oʻrin olishiga ishonamiz.