Butun bir millatning ilmli bo‘lishi avvalo ayol-qizlarning savodxonligi va ma’rifatli bo‘lishi bilan boshlanadi!
Nadiya Ramazonning ushbu kitobi ayollarni ilm olishga, o‘zini rivojlantirishga va jamiyatdagi haqiqiy o‘rnini anglashga chorlaydi. Muallif ayolni nafaqat ona va turmush o‘rtog‘i sifatida, balki jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, mas’uliyatli va ilmli shaxs sifatida tasvirlaydi.
Ma’naviy uyg‘onish, shaxsiy rivojlanish va kelajak avlodni tarbiyalash masalalarini ko‘tarar ekan, kitob har bir ayol va qizga “O‘qing!” deb samimiy murojaat qiladi.
O‘z ustida ishlashni, bilim olishni va oilasi hamda jamiyati uchun foydali bo‘lishni istagan har bir opa-singil uchun ilhomlantiruvchi va zarur kitob.