Bosh sahifaKatalogSavatProfil
Uzun Kitob olami
Mahsulotlarni qidirish
Uzun Kitob olami
Mahsulotlarni qidirish
O'zbekistonYetkazib berish
+998 20 001 25 16Biz haqimizdaYetkazib berishKontaktlar
Uzun Kitob olami
KirishSevimlilarSavat
Bosh sahifa›Katalog›LUQMON BO‘RIXON: JAZIRAMADAGI ODAMLAR
OOLTIN QALAM NASHRIYOTI· brendning barcha mahsulotlari

LUQMON BO‘RIXON: JAZIRAMADAGI ODAMLAR

Iste’dodli yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning "Jaziramadagi odamlar" romani behad zavq-shavq bilan o‘qiladi.
Hozircha sharhlar yo'q — birinchi bo'ling
31 000 so'm
1

Iste’dodli yozuvchi Luqmon Bo‘rixonning "Jaziramadagi odamlar" romani behad zavq-shavq bilan o‘qiladi. 

 

  Unda ovloq cho‘l qo‘ynidagi cho‘lquvarlarning hayotiy kechinmalari goh kulgili, goh ma’yus ohanglarda ifoda etilgan. Asarning goyat go‘zal va jozibali badiiy tili o‘quvchini beixtiyor o‘ziga rom qiladi. 

 

  Romanning bosh qahramoni — Lolaxon. Taqdir taqozosiga ko‘ra u ovloq cho‘l qo‘yniga kelin bo‘lib tushgan Lolaxonning achchiq qismati hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Sevgi-sadoqat, xiyonat va nafrat kabi mangu tuyg‘ularni yozuvchi o‘ziga xos uslubda, katta talant bilan tasvirlagan. 

 

  Odatda, biror asarni, ayniqsa, romanni o‘qishni boshlar ekansiz, o‘ngingizda beixtiyor salbiy va ijobiy obrazlar kurashi jonlanadi, lekin qo‘lingizdagi bu roman unaqa emas. Romanda to‘la-to‘kis salbiy yoki mutlaqo ijobiy obraz yo‘q. Asardagi har bir obrazning xatolari bilan birga fazilatlari ham borligi romanning yanada ta’sirchan bo‘lishiga olib kelgan. Muallif o‘tgan asrning eng o‘qirli davrini kichik obraz — Samad tilidan hikoya qilish orqali ko‘rsatgan. Har qanday davrda ham inson qadr-qimmati, shaxsiyati, shaxsiy hayoti, oriyati hamma narsadan ustun bo‘lishi lozimligini, aks holda insonlar o‘rtasidagi axloqiy munosabat barbod bo‘lishi mumkinligini Lolaxon timsoli orqali anglatgan. 

 

  Shuningdek, adib Lolaxonning taqdiri va o‘zlashtirilgan yer misolida inson tabiatini sun’iylashtirishga urinishning fojiaviy oqibatlarini ochib bergan. Ayrim insonlarning tomirida qon bo‘lib oqayotgan soxtalik, riyokorlikni ayovsiz fosh qiladi.

Mahsulot haqida savollaringiz bormi?AI-yordamchi aloqada — tanlashda yordam beradi, yetkazib berish va to'lov haqida aytib beradi.So'rash
31 000 so'm
Uzun Kitob olami

ⓒ Uzun Kitob olami 1992-2026

telegram

Katalog

  • Barcha tovarlar
  • Yangi kelganlar
  • Eng ko'p sotilganlar
  • Chegirmalar

Mijozlarga

  • Savat
  • Sevimlilar
  • Xaridlarim
  • Profil

Ma’lumot

  • Biz haqimizda
  • Yetkazib berish
  • Kontaktlar

Kontaktlar

  • +998200012516
  • Ish vaqti07:00 — 20:00

© 2026 Uzun Kitob olami. Platforma: Magicstore