Keyingi yillarda bolalar qanchalik o‘zgardi? Nega Z avlod orasida ruhiy salomatlik muammosi bu qadar keskin ko‘paydi? Telefon-markazli bolalik qanday qilib o‘yin-markazli bolalikni siqib chiqardi? Jonathan Haidt ushbu kitobda zamonaviy bolalikning “butkul qayta qoliplanishi” jarayonini ilmiy dalillar va hayotiy misollar asosida tahlil qiladi; smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlar orasida behalovatlik, depressiya va ijtimoiy yolg‘izlikka qanday yo‘l ochganini yoritadi. Biroq kitob faqat tashxis qo‘ymaydi – yo‘l-yo‘riq ham ko‘rsatadi. Muallif ota-onalar, pedagoglar, hukumatlar va butun jamiyat uchun amaliy tavsiyalar beradi.