“Motam qatrasi”ni varaqlar ekansiz, sof muhabbat tarixi, jumboqlar va oʻlimlar, shohona hayot va mahzun koʻngillar haqidagi voqealarga guvoh boʻlasiz.
Oʻtmishga sayohat qilib, tiniq tuygʻular va razil niyatlarning toʻqnashuvini, ezgulik va qabihlik oʻrtasidagi azaliy kurashning davomini hayajon bilan kuzatasiz!