"Tobora taraqqiy etib borayotgan o‘zbek tili va adabiyoti sohasi bugungi kungacha rivojlanishning turli bosqichlarini bosib o‘tgan. Bu jarayon bevosita fanlar doir adabiyotlarning tadrijiy ravnaqi, nazariy va amaliy materiallar ustida ishlash ko‘nikmalarining zamonaviy shakllarda takomillashuvi va yangilanayotgan o‘quv materiallari, ilg‘or tajribalar bilan bog‘liq. Xususan, o‘quv testologiyasi yuz berayotgan o‘zgarishlar va innovatsiyalar ham o‘zining yangicha ko‘rinishlarini namoyon etmoqda.
Ona tili va adabiyot fanidan tashkil etilayotgan milliy sertifikat imtihonlarining ahamiyati ham ortib borayotgan sir emas. Bu, bir tomondan, o‘qituvchi-ustozlar bilimini sinash uchun muhim bo‘lsa, boshqa tomondan, o‘quvchi-abituriyentlar bilim darajasini aniqlash uchun zaruriy bosqich sanaladi.
Milliy sertifikat imtihonlarini ommalashtib borar ekan, ko‘pchilikning talab va istaklarini inobatga olgan holda yangidan-yangi test namunalarning e’lon qilinishi, talabgorlarning yanada pishiqroq tayyorlanishi uchun amaliy ishlanmalarni keng joriy etilishi tabiiy hol.
“Smart books” nashriyoti tomonidan taqdim etilayotgan ushbu kitob ham ayni shu ehtiyojni qondiradi. Unda shogird uchun eng yangi test namunalari, esse yuzasidan nazariy va amaliy materiallar, badiiy san’atlar haqida nazariy ma’lumot, g‘azal tahlili ko‘nikmalari shakllantirish uchun namunaviy ishlanmalar, qit’a tahlili yuzasidan kerakli ma’lumotlar o‘rin olgan.
“Ona tili va adabiyot: milliy sertifikat kitobi”da taqdim etilgan materiallar bilan ishlash asnosida o‘z bilimingizni sinab ko‘rishingiz, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishingiz va yanada kuchliroq tayyorgarlikka ega bo‘lishingiz mumkin.
Ushbu to‘plam quyidagi tarkibda taqdim etilmoqda:
1. Eng yangi namuandagi testlar.
2. Esse haqida nazariy ma’lumot.
3. Esse namunalari.
4. Badiiy san’atlar haqida ma’lumot.
5. G‘azal tahlili namunalari.
6. Qit’a tahlili namunalari.
7. Yangi namuandagi javoblar varaqasi.
“Ona tili va adabiyot: milliy sertifikat kitobi” kitobida BMBA namunaviy test topshiriqlariga maksimal yaqinlikda shakllantirilgan savollar taqdim etilgan. Test topshiriqlarining shakllantirilishida ham BMBA namunaviy testlari tartibiga qat’iy rioya qilingan. Jumladan, orfografik va leksik-semantik topshiriqlar, grammatik va uslubiy topshiriqlar, ilmiy-ommabop matn, hikoya matni, g‘azal matni va yozma topshiriqlar ketma-ketligida joylashgan.
Kitob bevosita shu yo‘nalishda ta’lim berayotgan repetitor-testolog ustozlar uchun ham muhim manba bo‘la oladi."