Turk tarixining markazi bo‘lgan Movarounnahr bugungi kungacha o‘nlab davlatlarga mezbonlik qilgan strategik xususiyatga ega bo‘lgan mintaqasi hisoblanadi. Mazkur xususiyatidan kelib chiqib mintaqaning XVI asrgacha bo‘lgan tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, hududda o‘zlarining bunyodkorlik va meʼmorchilik faoliyati bilan mashhur bo‘lgan Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar va Temuriylar, bosqinchilik va vayrongarchilik bilan mashhur bo‘lgan Qoraxitoylar va Mo‘g‘ullar kabi davlatlarning hukmronlik qilishlarini ko‘rishimiz mumkin. XVI asrdan boshlab esa kelib chiqishi Chingizxonga borib taqaladigan va o‘zbeklar deb atalgan turk-mo‘g‘ul qabilalaridan boshqarilgan Jo‘jiylar beshinchi o‘g‘li Shibon naslidan bo‘lgan Abulxayrxon boshchiligidagi XV asrning o‘rtalarida paydo bo‘ldi va Muhammad Shayboniyxon bilan mintaqaning yangi, hukmron va siyosiy kuchiga aylandi. Natijada Shayboniylar davlati bir asrga yaqin vaqt mobaynida Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona va uning atrofidagi hududlarda hukmronlik qildi.
Lekin shayboniylar hukmronlik qilgan davrda dunyoda jiddiy tarixiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgandi. Shayboniylar Movarounnahrda temuriylardan qolgan merosga egalik qilishdi, lekin bu merosdan o‘zlari xojalardek foydalana olishmadi. Ichki siyosatda shayboniy sultonlar o‘rtasidagi raqobat va nizolar, tashqi siyosatda safaviylar va boburiylar bilan keskin siyosiy va harbiy kurashlar olib borildi. Natijada mintaqadagi parchalanishga to‘sqinlik qilisholmadi.
Bu kitob o‘quvchilarga shayboniylarning bir asrlik tarixini taqdim qiladi.