Bosh sahifaKatalogSavatProfil
Uzun Kitob olami
Mahsulotlarni qidirish
Uzun Kitob olami
Mahsulotlarni qidirish
O'zbekistonYetkazib berish
+998 20 001 25 16Biz haqimizdaYetkazib berishKontaktlar
Uzun Kitob olami
KirishSevimlilarSavat
Bosh sahifa›Katalog›ABDULLA QAHHOR: BEMOR

ABDULLA QAHHOR: BEMOR

Abdulla Qahhor o‘zbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga ko‘tardi va o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi.
Hozircha sharhlar yo'q — birinchi bo'ling
15 000 so'm
1

Abdulla Qahhor o‘zbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga ko‘tardi va o‘zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. Uning hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. 

 

Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan bo‘lib o‘tgan voqea, real hayotning bir bo‘lagi, epizodi bo‘lib gavdalanadi. Hikoyalarning ko‘pchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushda o‘zi ko‘rgan, eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas.

 

“Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko‘chirishdan iborat bo‘lsa, dunyoda bundan oson ish bo‘lmas edi, — deydi adib. — Hayotdan aynan ko‘chirish kitobdan ko‘chirishday gap. Nusxa nusxa bo‘lib qolaveradi. Bunday narsalardan originalilik kutib bo‘lmaydi. Originallik hayot haqiqatini dildan o‘tkazish, uni his qilish, unga o‘ylab yurgan gaplarni singdirish, tilaklaringni qo‘shib ifodalash bilan yuzaga keladi”.

 

“Abdulla Qahhorning shunday hikoyalari borki, ularni jahon novellistik adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan bir qatorga qo‘yish mumkin”, — deb yozgan edi rus tanqidchisi V. Smirnova.

Mahsulot haqida savollaringiz bormi?AI-yordamchi aloqada — tanlashda yordam beradi, yetkazib berish va to'lov haqida aytib beradi.So'rash
15 000 so'm
Uzun Kitob olami

ⓒ Uzun Kitob olami 1992-2026

telegram

Katalog

  • Barcha tovarlar
  • Yangi kelganlar
  • Eng ko'p sotilganlar
  • Chegirmalar

Mijozlarga

  • Savat
  • Sevimlilar
  • Xaridlarim
  • Profil

Ma’lumot

  • Biz haqimizda
  • Yetkazib berish
  • Kontaktlar

Kontaktlar

  • +998200012516
  • Ish vaqti07:00 — 20:00

© 2026 Uzun Kitob olami. Platforma: Magicstore