Tasnif
Ushbu testlar to‘plami 2 qismdan iborat bo‘lib, qo‘lingizdagi ushbu qism matematika kursiga bag‘ishlangan. To‘plamning ikkinchi qismida esa geometriya kursi yoritiladi. Ushbu to‘plam Davlat test markazi (DTM) tomonidan tavsiya etilgan darsliklar asosida tayyorlangan. Bu kitob abituriyentlar, umumta’lim maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar i o‘quvchilari, matematika faniga qiziquvchilar, shuningdek, matematika fani o‘qituvchilari va repetitorlari uchun noldan boshlab o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
Mazkur metodik qo‘llanma 5843 ta testdan iborat bo‘lib, testlar soddalikdan murakkablikka, izchillikka, mantiqiylikka asoslangan. Bundan tashqari 1500 ta ga yaqin misol va masalalarni yechish namunalar i, qo‘llanma oxirida barcha test savollarining javoblari keltirilgan.
Fikr va mulohazalaringizni @test_today telegram guruhiga yo‘llashingiz mumkin


Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.